Yuridik

Yuklab olish

Elektron Hukumat

18.01.2018

«Asaka» bankning «Elektron xukumat» dagi roli hamda amalga oshirayotgan ishlari.
Elektron hukumat loyihalarining asosiy maqsadi — hukumatning boshqaruv va ma’muriy faoliyatida ish unumdorligini va samaradorligini ko’tarish, bular asosida fuqorolarga yuqori darajadagi davlat xizmatlarini taqdim qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun ma’qul muhit yaratish hisoblanadi. Bugungi kunda davlat interaktiv xizmatlari soni 1088 ta bo’lib o’tgan yilning shu davriga nisbatan 438 taga ko’paygan.
«Asaka» bank tomonidan «Elektron hukumat» tizimi doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2009 yil 10 apreldagi 24- sonli yig’ilish bayoniga muvofiq NIS.UZ xukumat portalida AKTni joriy etilishi bo’yicha joylashtirilgan savolnoma o’z vaqtida (har chorakda) to’ldirib borilmoqa;
  • Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Portali orqali kelib tushgan fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatilgan;
  • Bank xodimlarini «Elektron hukumat» tizimi o’quv dasturi bo’yicha o’quv kurslarida malakasi oshirib borilmoqda.
  • O’zbekiston Respublikasida 2013–2020 yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirilishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi majlisining 1- sonly bayoni bilan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Bankning avtomatlashtirilgan tizimi onlayn rejimida tulovlarni amalga oshiruvchi MUNIS tizimiga integratsiya qilingan va muvaffaqiyatli ishlamoqda.
  • Bank tomonidan kursatilayotgan interaktiv xizmat turlari soni 24 taga etkazildi.