MOLIYALASHTIRISH

Yuklab olish

Qimmatli qog'ozlar

06.09.2017

Tashkil etilgan kundan boshlab hozirgi kunga qadar «Asaka» bank faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri — qimmatli qog’ozlar bilan amaliyotlar o’tkazish hisoblanadi. Hozirgi kunda «Asaka» bank yirik emitentlardan biri, O’zbekiston Respublikasi moliya bozorining investori, shunigdek, ushbu bozorning turli segmetlarida mijozlarga keng doirada xizmat ko’rsatuvchi investitsion institut hisoblanadi.

Emissiya faoliyati

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati bo’lgan «Asaka» bank O’zbekistonda yirik banklardan biri bo’lib, rejali asosda o’z aksiyalarini chiqarib joylashtirmoqda. Bank aksiyalari «Toshkent» RFBning rasmiy birja listingiga oily toifa («A» toifasi) bo’yicha Hozirgi kunda Bankning yirik aktsiyadorlari — O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, «O’zavtosanoat» aksiyadorlik Kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot Jamgarmasi hisoblanadi.

Depozit sertifikatlari bozorida «Asaka» bank O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari o’rtasida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Oxirgi 10 yil davomida Bank o’n ikki marotaba depozit sertifikatlarini muomalaga chiqardi, ularning to’qqiztasi to’liq so’ndirildi. Chiqarilgan depozit sertifikatlarning umumiy hajmi 257,5 mlrd.so’mni tashkil etdi. Mazkur vosita O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslariga vaqtincha bo’sh mablag’larini olti oydan uch yil muddat doirasida ishonchli va likvid aktivlarga joylashtirish imkoniyatini beradi.

Sarmoyaviy faoliyat

O’zining Sarmoyaviy siyosati talablariga asosan «Asaka» bank vositalar turi, aylanma muddati, emitent va boshqasi bo’yicha diversifikatsiya qilingan qimmatli qog’ozlarga sarmoyalar to’plamini shakllantirmoqda. Bank turli sohalarda faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar aktsiyadori va ustav jamg’armalari ishtirokchisi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda, bunda bank sarmoyalarni qisqa muddatga va uzoq muddatga amalga oshirmoqda.

1996 yildan boshlab «Asaka» bank davlat qimmatli qog’ozlari bozorining faol ishtirokchisi sifatida ish olib bormoqda. Hozirgi kunda Bank O’zbekiston Respublikasi valuta birjasi orqali O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlar bozorining ishonchli vositasi bo’lmish davlat o’rta muddatli g’azna majburiyatlari (DO’MG’M)ga sarmoyalar quymoqda.

Bundan tashqari «Asaka» bank mahalliy korporativ obligatsiyalari bozorida investorlar o’rtasida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda, buning uchun bank muntazam ravishda daromad va tavakkalchilik ko’rsatkichlarini takomillashtirish maqsadida obligatsiyalar to’plamini boshqarib kelmoqda. Bank turli shartlarda, shu jumladan repo-bitim shartlarida sarmoyalarni amalga oshirib kelmoqda.

Qimmatli qog’ozlar bozoridagi xizmatlar

Bank O’zbekiston Respublikasi valuta birjasida Dastlabki Diler hisoblanib sarmoyadorlarga (rezidendlar-yuridik shaxslarga) davlat qimmatbaho qogozlar bozorida brokkerlik hizmatlarini va DO’MG’M bozorida vositachilik hizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.

Bank qimmatli qog’ozlar emissiyasi anderrayteri (joylashtirish bo’yicha agent) xizmatlarini taqdim etadi. «Asaka» bank mahalliy va xorijiy yetakchi bank va kompaniyalar o’rtasida ishonchli hamkor sifatida hurmatga sazovor bo’lgan, buning natijasida emissiyani investorlar keng doirasida joylantirilishini ta’minlab berishga qodir.

Mukofotlar

O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi «Asaka» bankni «2011 yilda fond bozorining eng faol tijorat banki» deb topdi.

«Asaka» bank Bosh Ofisi:

100029, O’zbekiston Respublikasi, 
Toshkent sh., T.Shevchenko 1-uy. 
Tel.: +998–71 120-13-25, +998 71 120-26-31.

(faks) +998 71 120-85-95. 
Elektron manzil: cenbum@asakabank.uz