MOLIYALASHTIRISH

Yuklab olish

Diling operatsiyalari

06.09.2017

Valuta va pul bozorlaridagi amaliyotlar

«Asaka» bank milliy va xalqaro moliya bozorida ish yuritish uchun malakali kadrlar, axborot va taxliliy resurslarga egadir. Xususan, ushbu yo’nalishda Diling amaliyotlari bo’limi tashkil etilgan bo’lib, bo’limda yuqori malakaga ega bo’lgan hodimlar jamoasi Reuters XTRA, Reuters Dealing va Bloomberg Professional kabi axborot-tahliliy va savdo tizimlaridan foydalangan holda ish olib bormoqda.

«Asaka» bank O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasining teng huquqli a’zosi1 bo’lib, Bank UZIBOR va UZIBID — banklararo foiz stavkalarining shakllanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Respublikamiz moliya bozorida Banklar Assotsiatsiyaning barcha a’zolari bilan hamkorlik qilib kelmoqda va tijorat banklari orasida ishonchli hamkor va marketmeyker obro’siga egadir. Banklararo moliya bozorida «Asaka» bank milliy va horijiy valyutalardagi pul mablag’larini turli muddatlarga banklararo foiz stavkalarida jalb qiladi va joylashtiradi.

«Asaka» bank Korporativ mijozlarga milliy va horijiy valyutalardagi vaqtincha bo’sh pul mablag’larini qulay foizlarda bank depozitlariga va depozit sertifikatlariga joylashtirishni taklif etmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga tezkor javob berish imkoniyatini ta’minlaydi va buning natijasida valuta amaliyotlarining samaradorligi oshib boradi. «Asaka» bankning zamonaviy texnika bazasini rivojlantirib va qo’llab kelishi, shuningdek bank hodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirib kelishi, bozorda bo’layotgan o’zgarish jarayonlariga o’z vaqtida moslasha olishi imkoniyatini yaratmoqda.

Valuta ayirboshlash amaliyotlari

«Asaka» bank mahalliy banklarga va korporativ mijozlarga barcha erkin ayirboshlanadigan valyutalar bo’yicha valyuta ayirboshash amaliyotlarini o’tkazishda qulay sharoitlarni taklif etadi.

Bank USD, EUR, GBP, JPY, CHF, RUB kabi xorijiy valyutalar bo’yicha joriy valiuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshiradi.

Halqaro valyuta bozorida «Asaka» bank bir qator yirik moliya institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan bo’lib, bu Bank tomonidan korporativ mijozlar bilan valyuta amaliyotlarini amalga oshirishda mijozlar uchun ma’qul narxlar taklifi bilan ishlash imkoniyatini yaratdi.

Shuningdek, «Asaka» bank USD, EUR, GBP, JPY, CHF kabi asosiy jahon valutalari bo’yicha muddatli valiuta «svop» va «forvard» amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatiga egadir, bu bir nechta xorijiy valutalar bilan joriy halqaro amaliyot olib boruvchi mijozlarga valuta tavakkalchiliklarini tashqi savdo va kredit amaliyotlari, savdo yoki kredit bitimlari valutasini o’zgartirish, ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil etish orqali valuta va boshqa xatarlarni sug’urtalash imkoniyatini beradi.

Banklararo bozorda «Asaka» bank so’m va xorijiy valutada mablag’larni banklararo bozori stavkalari bo’yicha turli muddatga joylashtirishni taklif etadi.

Batafsil ma’lumot uchun Diling amaliyotlari bo’limiga murojaat qiling.

Tel.: (78) 120-82-42, (78) 120-82-43

Faks: (78) 120-81-40

http://www.uba.uz