Kreditlar

Yuklab olish

Ta’lim krediti

07.09.2017

Oliy o’quv yurtlarida tahsil oluvchilarga ta’lim kreditini ajratish

Oliy oquv yurtlarida tahsil oluvchilarga ta’lim kreditini ajratish shartlari quyidagilardan iborat:

1. Kredit miqdori — ta’lim olish yuzasidan tuzilgan to’lov kontrakti asosida belgilanadi;

2. Kreditning maqsadi — respublikada joylashgan oily o’quv yurtlari kunduzgi bo’limida tahsil olish uchun;

3. Kredit muddati:

  • Bakalavriat bosqichi uchun 10 yil;
  • Magistratura bosqichi uchun 5 yil;

4. Ta’lim kreditlari uchun foiz stavkasi miqdori: O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan miqdorda belgilanadi;

  • Ta’lim kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
  • Ta’lim kreditini olish uchun ariza;
  • To’lov kontrakt shartnomasi;
  • Yashash joyi to’g’risida berilgan ma’lumotnoma;
  • Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjat;
  • Pasport nusxasi.

5. Ta’minot sifatida quyidagilar taqdim qilinishi mumkin:

  • Mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar garovi, bank kafolati, uchinchi shaxs kafilligi, kreditni qaytmaslik xatarini sug’urtalash sug’urta polisi.

Ta’lim krediti quyidagi xollarda imtiyozli shartlarda beriladi:

  • Ta’lim kreditlari chin yetimlarga, «Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga foizsiz kredit beriladi;
  • Kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talablar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50%i tuman Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan to’lanadi.
  • Ta’lim kreditlarini bo’yicha mablag’lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o’qish uchun yillik to’lovning to’liq miqdorini ikki teng qismga bo’lish yo’li bilan o’tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talablar uchun birinchi yarim yillikda o’qilganlik uchun boshlang’ich to’lov joriy yilning 15 sentyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar yilning 1 martigacha to’lanadi.
  • O’qishning ikkinchi bosqichi va undan yuqori kursda o'qiyotan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o'qiganlik uchun to'lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar yilining 1 martigacha to’lanadi.
  • Qarzdor tomonidan kreditni qaytarish naqd pulda, shuningdek naqd pulsiz xisob-kitob yo’li bilan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar hisobidan amalga oshiriladi.
  • Ta’lim kreditlari uchun foiz to’lash ta’lim muassasasiga o’tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oily ta’lim muassasasida o’qishning ta’limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so’ng, ayrim kurslarda takroran o’qish muddati hisobga olinmasdan, uch oy o’tgandan so’ng boshlanadi.