Kreditlar

Yuklab olish

Kredit mahsulotlari

11.04.2018
 
Ipoteka krediti
 
Ta’lim krediti
 
Iste’mol krediti

Hurmatli mijozlar!

Hayotingiz farovonligi va xonadoningizda qulay va shinam muhitni ta’minlash maqsadida “Asaka” bank Sizga o‘zining iste’mol kreditlarini taklif etadi:

Aholiga iste’mol kreditlari ajratishning asosiy shartlari:

1. Kredit miqdori — eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha; 

2. Kreditning maqsadi — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar (xizmat)lar xaridi uchun ajratiladi, jumladan:

  • Uy jihozlari, yumshoq va boshqa mebellar;
  • Kompyuter, radio va tele-aparaturalar;
  • To’y va yubiley marosimlarini o’tkazishga;
  • O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobillarni ta’mirlashga;
  • Mamlakatimizda joylashgan turli dam olish maskanlariga yo’llanmalar olishga.
  • O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat ko'rsatish bo'yicha litsenziyaga ega bo'lgan sub'ektlardan O'zbekiston Respublikasi bo'ylab sayyoxlik turlarini sotib olish
  • Kredit mablag’i- ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi yoki uni sotuvchi tashkilotning bankdagi hisob varag’iga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

3. Kreditning muddati 3 yilgacha;

4. Kredit ustama foizi - yillik 28 foiz miqdorida, O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sayyoxlik turlarini sotib olish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi doirasida o'rnatiladi;   

   b) Kredit ta’minoti — 3-shaxs kafillig va/yoki mulk garovi.

5. Kredit olish uchun qarz oluvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasport, muddatli xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmatchining harbiy bileti yoki guvohnomasi;
  • Ish joyidan oxirgi yil uchun ish haqi ko'rsatilgan ma'lumotnoma (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – amal qilish muddati kredit muddatidan kam bo'lmagan guvohnoma),  yoki o'zga daromad turini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • Savdo tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (hisob-shartnoma);
 
Tadbirkorlar diqqatiga
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash
 
OTB kredit liniyasi ishtiroki bilan kreditlash (so’mda)
 
O’z mablag’lari hisobiga bank akkreditivi va faktoring amaliyotlarini taqdim etish
 
Milliy valutada o’z mablag’lari jalb etilgan mablaglar hisobiga kredit ajratish
 
Loyihalarni moliyalashtirish
 
Lizing
 
Faktoring
 
Kredit kalkulyatori
 
Kichik tadbirkorlik sub'ektlarga kredit olishga buyurtmanoma
 
Yakka tartibdagi tadbirkorga kredit ajratish bo’yicha ariza
 
Overdraft
 
Plastik kartochkalar orqali krеditlarni so’ndirish
 
Mikroqarz
  1. Mikroqarzlar doimiy ish joyiga ega bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga taqdim etiladi.

- Jismoniy shaxslarga – “Asaka” bankda asosiy bank hisobvarag’i bilan xizmat ko’rsatadigan korxona va tashkilotlar xodimlariga

- 12 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 28%;

- 24 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 30%;

- Boshqa jismoniy shaxslarga:

- 12 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 30%;

- 18 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 32%;

- 24 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 34%;

  1. Mikroqarz miqdori – Ariza beruvchining to’lovlilik qobiliyatidan kelib chiqqan xolda - eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha;
  2. Naqd pul shaklida beriladigan mikroqarz bo‘yicha, 1% miqdorida bank komissiya undiriladi.
  3. Ariza beruvchi va Kafil shaxsning mikroqarz olish uchun bankga taqdim etadigan hujjatlari:

- pasport nus’хasi;

- qarz oluvchi va kafilning asosiy ish joyidan oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

  1. Kredit ta’minoti – uchinchi shaxsning kafilligi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlanadi.

 

Ma’lumot uchun telefon: +99871 200-55-22

www.asakabank.uz                                   Xizmatlar litsenziyalangan