KREDIT MAHSULOTLARI

Yuklab olish

Kichik tadbirkorlik sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash

13.03.2018

«Asaka» bank tomonidan kichik tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash uchun milliy valyutada kreditlar ajratiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklari hamda oilaviy korxonalar  kreditlash ob'ektlari hisoblanadi
Kreditlar qaytarishlik, to'lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o'zini-o'zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

  • qarz oluvchi o'z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag'larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;
  • aylanma mablag'larni to'ldirishga - 18 oy muddatgacha;
  • qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag'larni to'ldirishga - 24 oy muddatgacha.

Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat ko'rsatuvchi tijorat bankiga quyidagi asosiy hujjatlarni taqdim etadi:

  • ariza;
  • qarz oluvchining bank hisobvarag'iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko'rsatilgan biznes-reja;
  • qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo'jaliklari bundan mustasno; 

Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash maqsadida quyidagi ta'minot turlarini taqdim etadi:

  • mol-mulk va qimmatli qog'ozlar garovi;
  • tijorat banki yoki sug'urta kompaniyasining kafolati;
  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug'urta qilinganligi to'g'risidagi sug'urta polisi;
  • ta'minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.