Hamkorlik

Yuklab olish

Xalqaro shartnomalar

06.09.2017

«Asaka» bank loyihaviy moliyalashtirish sohasida Xalqaro Moliya Institutlari va xorijiy banklar bilan keng hamkorlikda ish olib boradi. Hozirgi kunda sanoat sohalarida amalga oshirilayotgan bir qator sarmoya loyihalari quyidagi Kredit Yo’nalishlari bo’yicha moliyalashtirilgan:

  • Xalqaro Moliya Korporatsiyasi – XMK;
  • Osiyo Rivojlanish Banki – ORB;
  • Islom Rivojlanish Banki – IRB;
  • «Landes Bank Berlin AG»ning 2 kredit yo’nalisi (Germaniya);
  • «Commerzbank AG» (Germaniya);
  • «Dresdner Bank» (Germaniya);
  • «Hipovereyns bank» (Germaniya);
  • «Banco Santander Setral Hispano»ning 2 kredit yo’nalisi (Ispaniya);
  • «Societe Generale» (Ispaniya vakolatxonasi);
  • «Instituto de Kredito Ofisial» (Ispaniya);
  • «Rayfayzen bank» (Chexiya);
  • Milliy Eksport Kredit Agentliklari bilan hamkorlik.

Xorijiy banklarning kredit yo’nalishlarini jalb etishning asosiy shartlaridan biri – «Euler Hermes» EKA (Germaniya), «SACE» EKA (Iyaliya), «CESCE» EKA (Ispaniya) kabi Milliy Eksport Kredit Agentliklari tomonidan ajratiladigan sug’urta kafolati mavjudligidir.

Mazkur yo’nalishda amalga oshirilgan ish natijasida «Euler Hermes» EKA (Germaniya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida Landes Bank Berlin AG, Commerzbank AG, HVB, Dresdner Bank AG ishtiroki bilan 15 ta loyiha moliyalashtirilgan.

CESCE EKA (Ispaniya) ishtirokida Banco Santander, ICO, Societe Generale (Ispaniya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 4 ta loyiha moliyalashtirilgan, shunda uchta loyihaga Hukumat Kafolati jalb etilgan.

«SACE» EKA (Iyaliya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida HVB banki (Italiya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 3 ta loyiha moliyalashtirilgan.

EGAP Eka (Chexiya) RZB banki (Chexiya) ishtiroki bilan 1 ta loyihani moliyalashtirish uchyn sug’urta kafolatini taqdim etgan.

«Asaka» bankda Commerzban KAG (Germaniya) kredit liniyasi bo'yicha MA'LUMOT

I. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratish to'g'risida ma'lumot
Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish sohasi Sanoat yoki qishloq xo'jaligi.
Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish maqsadi Import asbob-uskuna va texnologiya sotib olish.
Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning maksimal summasi Kredit liniyasining o'zlashtirilmagan summa miqdorigacha.
Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi Minimal - 500 000 Evro, Maksimal – kredit liniyasining o'zlashtirilmagan summa miqdorigacha.
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to'lanadigan yillik foiz to'lovlari EUROIBOR + xorijiy bank marjasi + “Asaka” bank marjasi
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kredining maksimal muddati Kredit shartnomasida individual tarzda kelishiladi.
Loyiha bo'yicha beriladigan imtiyozli davr 12 oygacha.
Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to'laydigan komissiyalari Boshqaruv uchun komissiya – kredit summasining 1%; Majburiyat komissiyasi – yillik 0,25%.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi 1) Loyiha qiymatining 15%dan kam bo'lmagan miqdorda.
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti a'zosi.
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko'zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko'rsatiladi) Kredit liniya bo'yicha garov ta'minoti sifatida Eksport kredit Milliy agentligining sug'urta polisi qatnashadi, EKMA tomonidan sug'urta qiymati kredit summasining 8-12,5% tashkil qiladi.
 

«Asaka» bankda Landesbank AG (Germaniya) kredit liniyasi bo'yicha MA'LUMOT

I. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratish to'g'risida ma'lumot
Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish sohasi Sanoat yoki qishloq xo'jaligi.
Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish maqsadi Yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, kengaytirish yoki/va rekonstruktsiya qilishga yo'naltirilgan ekportbop loyiha.
Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi Minimal – 250,000 Evro (AQSh doll. ekvivalentida; Maksimal – kredit liniyasining o'zlashtirilmagan summa miqdorigacha.
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kredining maksimal muddati Belgilanmagan.
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to'lanadigan yillik foiz to'lovlari EUROIBOR + xorijiy bank marjasi + “Asaka” bank marjasi
Loyiha bo'yicha beriladigan imtiyozli davr 12 oygacha.
Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to'laydigan komissiyalari Boshqaruv uchun komissiya – kredit summasining 0,50%; Majburiyat komissiyasi – yillik 0,25%.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi 1) Loyihaning boshlang'ich qiymatining 15%dan kam bo'lmagan miqdorda.
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti a'zosi.
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko'zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko'rsatiladi) Kredit liniya bo'yicha garov ta'minoti sifatida Eksport kredit Milliy agentligining sug'urta polisi qatnashadi, EKMA tomonidan sug'urta qiymati kredit summasining 8-12,5% tashkil qiladi.
 

«Asaka» bankda Koreya Eksport-import banki (J.Koreya) kredit liniyasi bo'yicha MA'LUMOT

I. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratish to'g'risida ma'lumot
Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish sohasi Sanoat va xizmat ko'rsatish sohasi.
Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish maqsadi Koreya kapitali ishtirok etgan kompaniya uchun: 
  • asbob-uskuna sotib olish va o'rnatish;
  • strategik investitsiyalar.

Koreya kapitali ishtirok etmagan kompaniya uchun: 
  • asbob-uskuna sotish va xizmat ko'rsatish;
  • asbob-uskuna sotib olish.
Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi Minimal summa – 200 000,0 AQSh dollari. Maksimal summa – kredit liniyasining o'zlashtirilmagan summa miqdorigacha.
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kredining maksimal muddati 6 yil.
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to'lanadigan yillik foiz to'lovlari Libor + xorijiy bank marjasi + “Asaka” bank marjasi
Loyiha bo'yicha beriladigan imtiyozli davr 1 yil.
Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to'laydigan komissiyalari Boshqaruv uchun komissiya – kredit summasining 0,1%; Majburiyat komissiyasi yillik - 0,3%.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi Loyiha umumiy qiymatining 25%dan kam bo'lmagan miqdorda.
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati Janubiy Koreya.
 

Kommertsbank kredit liniyasi (Germaniya)

2009 yilning 18 sentyabrida «Asaka» banki va Kommertsbank o’rtasida 40 mln. Evro miqdoridagi yangi kredit liniyasi imzolandi. Ushbu liniya Evropadan tehnik jihozlarni import qilish uchun berilgan. Hozirgi paytda «Asaka» banki ushbu liniya bo’yicha potensial loyihalarni topib moliyalashtirishni ko’rib chiqmoqda.

Hususiy sektorni rivozhlantirish Islom korporatsiyasini (HSRIK) Kredit liniyasi

2013 yilning 2-6 sentyabrlarda Jidda shahridagi Hususiy sektorni rivozhlantirish Islom korporatsiyasining bosh ofisiga “Asaka” bankining delegatsiyasining tashrifi jarayonida, HSRIK vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv mobaynida hozirdagi mavjud bo’lgan kredit liniya, yangi qo’shimcha kredit liniyasini jalb qilish, kelajakdagi o’zaro hamkorlik masalalari ko’rib chiqildi.

Islom Taraqqiyot Banki

2013 yilning 17 mayida O’zbekistonning 4 ta tijorat banki tarafidan («Asaka» Bank, «O’zsanoatqurilishbank», «Aziya Al'yans Bank» va «Ipoteka» Bank) Islom Taraqqiyot Banki manziliga murojaatnoma yuborildi. Ushbu murojaatnomaning maqsadi o’zaro hamkorlikni qo’llab quvvatlash va 100 mln. miqdoridagi jangi kredit liniyani jalb qilishda edi.