FAQ

Yuklab olish

FAQ

21.11.2017

GM avtomobillarini xarid qilish uchun boshqa bank plastik kartasi orqali to’lovni amalga oshirish mumkinmi?

GM avtomobillarining sotilish tartibi bo’yicha “GENERAL MOTORS UZBEKISTAN” QQ va bank - emitent (xorijiy valyuta kartasini muomalaga chiqargan tijorat banki) o’rtasida shartnoma mavjud bo’lgan taqdirda va ushbu kartaning shakllanish manbalari shartnoma shartlariga muvofiq kelgan hollarda ushbu to’lovni amalga oshirish mumkin.

Boshqa bank Plastik kartasidan naqd pul olish mumkinmi?

Naqd pul olish imkoniyati mavjud, biroq ushbu kartochkadagi pul mablag’larining shakllanish manbalari naqd pul olish uchun murojaat etilgan bank uchun noma’lum ekanligi va naqd pul ta’minoti bo’yicha har bir bankning o’z mijozlari oldida avvaldan belgilangan majburiyatlari mavjudligi inobatga olinib, boshqa bank plastik kartochkasi orqali naqd pul olish, bank terminalidagi imkoniyatlar doirasidan kelib chiqqan holda dasturiy limitlar joriy qilingan.

Plastik kartochka muhosaraga (blokirovkaga) tushib qolsa nima qilish kerak?

Plastik karta PIN-KODini bir necha bor noto’g’ri terilishi oqibatida muhosaraga tushgan taqdirda, agar ushbu karta SMART VISTA (onlayn) tizimidagi karta bo’lsa, uni muomalaga chiqargan tijorat bankining istalgan yaqin o’rtadagi filiali orqali shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda qayta ishga tushirish (aktivlashtirish) mumkin, agar karta DUET (offlayn) tizimiga ulangan bo’lsa, uni qayta ishga tushirish (aktivlashtirish) faqat ushbu kartani muomalaga chiqargan bank filiali orqali shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda amalga oshiriladi. Bir oydan ortiq vaqt mobaynida umuman foydalanilmagan DUET (offlayn) plastik kartasini istalgan infokiosk yoki istalgan tijorat banki filiali orqali qayta faollashtirish (avtorizatsiya) qilish mumkin.

Plastik kartochka yaroqsiz holatga kelganda nima qilish kerak?

Plastik kartochka yaroqsiz holatga kelganda (sirti shikastlanganda, chipga zarar yetganda) mijoz shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan uni taqdim etgan bank filialiga tashrif buyurib, kartani uning texnik holatini o’rganish uchun bank mutaxassislariga topshiradi va tegishli ariza shaklini to’ldiradi. Bir bank ish kuni davomida mutaxassislar kartaning holatini o’rganib, tegishli tashxis qo’yadi. Agar karta mijoz aybi bilan yaroqsiz holga kelgan bo’lsa, undan bank tarifiga asosan jarima to’lovi undirgan holda uning nomiga yangi plastik kartochka ochiladi. Boshqa hollarda esa karta jarima to’lovisiz qayta muomalaga chiqariladi.

Plastik kartochka foydalanuvchi aybi bilan yaroqsiz holatga kelsa qancha jarima to’lanadi va nima asosida?

Plastik kartochka foydalanuvchi aybi bilan plastik kartochka yaroqsiz holatga kelganda, foydalanuvchidan bank - emitent (ushbu kartani muomalaga chiqargan tijorat banki)da qo’llaniladigan joriy tarif asosida komissiya undiriladi. «Asaka» bankida ushbu jarima miqdori 5(Besh) EVROni (to’lov kunidagi O’zRMB tomonidan belgilangan rasmiy kurs bo’yicha so’mda to’lanadi) tashkil etadi.

Plastik kartochka yo’qotib qo’yilgan holda nima qilish kerak?

Plastik kartochka yo’qotib qo’yilganda karta egasi (yoki uning ishonchnoma asosidagi ishonchli vakili) zudlik bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan uni bank - emitent (ushbu kartani muomalaga chiqargan tijorat banki)ga tashrif buyurib, yo’qolganligi to’g’risida ariza – stop list varag’ini to’ldiradi. Filial tomonidan ushbu karta 3 (uch) bank ish kuni davomida qayta muomalaga chiqariladi va tarif asosida tegishli komissiya undirilgach, mijozga topshiriladi.

«Asaka» bankda ochilgan chet el plastik kartasidagi pul qoldig’ini fuqaro O’zbekistondan tashqarida bo’lgan holda qanday aniqlashi mumkin?

«Mastercard» va «Maestro» plastik kartalariga xizmat ko’rsatuvchi bankomatlardan aniqlash mumkin.

Plastik karta ochish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?

Plastik karta ochish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

A) Ariza (tegishli shakl asosida);

B) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

V) STIR raqami.

Plastik kartani pul o’tkazish yo’li bilan to’ldirish mumkinmi?

Plastik kartochka (jismoniy shaxslar uchun) mijoz tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilingandan so’ng ochilgach, ushbu kartani tegishli tranzit hisobraqamiga oylik ish haqidan tashqari boshqa maqsadli mablag’larni (ijara to’lovi, dividend, sug’urta badali va h.k.) o’tkazgan holda to’ldirishlari mumkin. Bunda bank - emitent (ushbu kartani muomalaga chiqargan tijorat banki) tomonidan amaldagi tarif asosida komission haq undiriladi.

CLICK xizmatidan foydalanish uchun qanday kartochkaga ega bo’lish kerak?

CLICK xizmatidan foydalanish uchun SMART VISTA (onlayn) va DUET (offlayn) tizimilarida foydalanishga mo’ljallangan so’m plastik kartochkalari kerak bo’ladi.

CLICK xizmatidan foydalanish uchun oylik to’lov miqdori qancha?

CLICK xizmatidan foydalanishda oylik to’lov undirilmaydi. Amalda foydalanish jarayonidagi kirish SMS xizmati esa pullik hisoblanadi. (1 kirish SMS qiymati barcha soliqlarni hisobga olgan holda 0,005 AQSH dollarini tashkil etadi.)

Omonatni rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi qanday hujjatni taqdim etish kerak?

Omonatni rasmiylashtirish uchun O’zbekiston fuqarosi pasporti, 16 yoshga to’lmagan fuqarolarning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo’mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro’yxatga olinishi lozim) yoki O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

Boshqa bankdan pul o’tkazish yo’li bilan omonat qo’yish mumkinmi?

Mijoz tomonidan bankka murojaat etgan holda, uch tomonlama shartnoma imzolanadi. Omonatchi shartnoma shartlariga rozi bo’lgan taqdirda, unga omonat hisobvarag’i ochiladi va shaxsiy hisobvaraq varaqchasi rasmiylashtiriladi. Mijoz shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda omonatga kirim qilinishiga istak bildirgan jismoniy shaxslar omonat kassaga shaxsan kelib belgilangan tartibda ariza berishlari shart. Jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda kelib tushgan omonatlar bo’yicha omonat daftarchasi rasmiylashtiriladi.

Kontrakt to’lovlari uchun qaysi qarindoshlarning plastik kartalaridan to’lash mumkin va qanday hujjatlar talab etiladi?

Plastik karta egasi karta hisobraqamidagi pul mablag’laridan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish huquqiga ega. Boshqa shaxslar ham uning bank plastik kartasidan foydalanishlari mumkin (oila a’zolari, do’stlar va boshqalar), faqat plastik karta egasi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida.

Ipoteka krediti yosh oilalarga necha yoshga qadar beriladi?

Yosh oilalar (er - xotinlar) 30 yoshdan oshmagan bo’lishlari kerak.

Ipoteka krediti foizi qancha miqdorda belgilangan?

Foiz stavkasi yosh oilalar uchun O’zR Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, ya’ni hozirgi kunda 9 foiz miqdorida, umumiy tartibda esa yillik 18 foiz miqdorida.

Ipoteka krediti boshlangich badali qancha?

Kredit hisobiga sotib olinayotgan turar-joy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdordagi dastlabki badal to’lovi shaklida o’z ulushi bilan ishtirok etishi lozim.

Ipoteka krediti uchun qancha miqdorgacha pul mablagi beriladi?

- qonunchilik bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 barobari miqdorida - uy-joy qurilishi va turar joy sotib olish uchun;
- qonunchilik bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 barobari miqdorida - ko’p xonali turar joy binosidan xonadon sotib olish uchun.

Necha yoshdan boshlab ist’emol krediti olish mumkin?

Iste’mol krediti faqat balog’at yoshiga yetgan, muomalaga layoqatli, doimiy ro’yxatga ega, shuningdek doimiy ishi va o’z faoliyatidan daromadga ega bo’lgan fuqarolarga beriladi.

Ist’emol kreditini naqd pul ko’rinishida olish mumkinmi?

Iste’mol ehtiyojlari uchun naqd pul mablag’lari bilan kredit berishga yo’l qo’yilmaydi.

Iste’mol kreditini berish kredit hisob-raqamidan ishlab chiqaruvchi korxona yoki iste’mol tovarlarini (xizmatlari) realizatsiya qiluvchi tashkilotning hisob-raqamiga bank tomonidan pul mablag’larining o’tkazib berish yo’li bilan amalga oshiriladi.