Bank xizmatlari

Yuklab olish

SMS inform (SMS -, e-mail, web-ma'lumot va ivr xizmati)

08.09.2017

Ushbu xizmat turi orqali siz o’zingizning plastik kartochkangiz bilan bog’lik barcha amaliyotlar xaqida ma’lumotlarni avtomatik SMS orqali yoki E-MAIL orqali olishingiz mumkin. Siz bu bilan o’zingizni turli xil firibgarliklardan ximoya qilgan bo’lasiz.

Siz istalgan vaqtda xisoblangan oylik maosh, mukofot va boshqa unga tenglashtirilgan to’lovlar xaqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lasiz, bundan tashqari kartochkaga yuklash lozim bo’lgan yoki kutilayotgan mablag’larni, chiqim amaliyotlari, ularning sanasi, savdo nuqtalari va shunga o’xshash turli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Yuqoridagi xizmat turlari TM UCell, TM Beeline va TM Perfectum Mobile mijozlari uchun mavjud.

Ushbu xizmat turiga «Asaka» bank filiallarida ulanish mumkin.