Bank haqida ma'lumot

Yuklab olish

Tarix

02.09.2017

«Asaka» bank mamlakatimiz moliyaviy xizmatlar bozorida 23 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bank 1995 yilda tashkil etilgan. Aksiyadorlari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «O’zavtosanoat» Aksiyadorlik Kompaniyasi, O’zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, «Olmaliq TMK» AJ, «Buxoro NQZ» UK, «O’zbekiston temir yo’llаri» DАK va boshqalar.

Kapital va aktivlar hajmi bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida yetakchi banklardan biridir. Hududiy tarmoq O’zbekiston Respublikasi butun hududini qamrab olib 27 ta filial, 77 ta mini-bank va 139 ta chakana bank xizmatlari ko’rsatuvchi shaxobchalardan iborat. Moliya bozorida keng hajmda an’anaviy va zamonaviy bank xizmatlari taqdim etuvchi yirik universal moliyaviy-kredit instituti sifatida o’rin egallagan.

«Asaka» bank xizmatlaridan foydalanuvchi xo’jalik yurutuvchi subyektlarning soni — 49,6 ming nafardan ortiq. Ular qatorida mashinasozlik, aniq mashinasozlik va asbobsozlik, metallarga ishlov berish, konchilik, energetika, qurilish majmuasi, paxtani qayta ishlash sanoati, to’qimachilik sanoati, dori-darmon ishlab chiqarish, nashriyot, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish, xizmat ko’rsatish kabi iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar vakillari mavjud. Xizmatlardan foydalanayotgan jismoniy shaxslarning soni 2,0 mln. nafardan ortiq.

Bankning chakana xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanuvchilar soni 1,8 million nafardan oshdi.

«Asaka» bank tashqi iqtisodiy hamkorlikning faol ishtirokchisi. Mamlakatimiz iqtisodining strategik sohalarini rivojlantirishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etishga ko’maklashib kelmoqda. 370 dan ziyod yetakchi xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilgan.

Nufuzli xorijiy «Euromoney», «Global Finance» va «The Banker» nashriyotlari tomonidan «O’zbekistonning eng yaxshi banki» unvoniga bir necha bor sazovor bo’ldi.

«Asaka» bank o’zining xalqaro maydondagi maqomiga katta etibor qaratadi. Hususan, bank doimiy tarzda xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori reyting baholariga sazovor bo’lmoqda.

Asaka» bank jami aktivlari 2019 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 30 361,2 mlrd.so’mni tashkil etdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6 084,1 mlrd.so’mga o’sdi.

Bank jami kapitalini 84,9 mlrd.so’mga o’sishiga erishildi va 3 168,1 mlrd.so’mga yetkazildi.

Bank kredit qo’yilmalari va lizing xizmatlari hajmi so’m ekvivalentida 24 750,4 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Kredit qo’yilmalarining 24 480,4 mlrd. som miqdoridagi qismi uzoq muddatli kreditlarni tashkil etadi, shundan 24 472,0 mlrd so’m miqdoridagi qismi investitsion kreditlardir.